2016-yilning 16-mart kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Yuridik klinikasi ma’muriyati hamda Xalqaro mehnat tashkilotining loyiha bo‘yicha maslahatchisi O.Lipkanu va loyiha assistenti S.Iskandarovalar ishtirokida ishchi tartibidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Xalqaro mehnat tashkiloti vakillari Yuridik klinikaning aholiga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy-mehnat sohasida xalqaro va milliy standartlarni targ‘ib etish borasidagi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Tomonlar kelgusida Yuridik klinika faoliyatini rivojlantirishda hamkorlik qilish, bu borada Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.

No Comment

You can post first response comment.

Leave A Comment

Please enter your name. Please enter an valid email address. Please enter a message.

Help-Desk

Powered by themekiller.com anime4online.com animextoon.com