O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining Yuridik klinikasi tashabbusi bilan poytaxtimizdagi 12 ta oliy ta’lim muassasasi talabalari hamda yuridik klinika volontyorlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklikka oid xalqaro va milliy standartlarni targ‘ib etish maqsadida debat turniri o‘tkazildi.

Turnir O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligiga bag‘ishlab tashkil qilindi.

Ikki kun davom etgan bahslarda bandlik, ta’lim, ijtimoiy himoya, mehnat muhofazasi, ekologiya va jamoatchilik nazorati sohalaridagi ijtimoiy sheriklikka oid mavzular bo‘yicha diskussiya olib borildi. Turli sohalarning yetakchi mutaxassislaridan tarkib topgan ekspertlar guruhi jamoalarni baholab bordi.

Yakunda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi turnir g‘olibligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti jamoasi esa ikkinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, “Eng yaxshi spiker” nominatsiyasi bo‘yicha Soliq akademiyasi talabasi Ergashev Furqatbek, Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi Zufarova Shoira, Toshkent islom universiteti talabasi Azizova Mahbuba, JIDU talabasi Vohidov Eldor, TDShI talabasi Azizov A’zamlar taqdirlanishdi.

 

No Comment

You can post first response comment.

Leave A Comment

Please enter your name. Please enter an valid email address. Please enter a message.

Powered by themekiller.com anime4online.com animextoon.com