2016-yil 15-aprel kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi qoshidagi Yuridik klinikada Amerika Qo‘shma Shtatlari mehnat vazirligi vakillari Kristin Sparding, Jasmin Uilan hamda AQShning mamlakatimizdagi elchixonasi xodimi Marina Galkina bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

aqsh-mehnat-vazirligi

Unda O‘zKUFK yuridik bo‘limi, klinika murabbiylari va volontyorlari ishtirok etdi.

Mehmonlarga klinika faoliyati, veb-sayti, murojaatlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha yaratilgan maxsus dastur, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 20 yilligi munosabati bilan klinika tomonidan o‘tkazilayotgan “Mehnat kodeksi bilimdoni” onlayn viktorinasi veb-sahifasi namoyish qilinib, ma’lumot berildi.

Shuningdek, mehmonlar Kasaba uyushmalari Federatsiyasi qoshidagi “Ishonch telefoni” — 1092 qisqa raqami imkoniyatlari bilan tanishtirildi. Telefon orqali murojaatlarni elektron ro‘yxatga olish tartibi, murojaatlar statistikasi, uning joylardagi vakilliklari faoliyati bilan tanishtirildi. Kasaba uyushmalari tizimida murojaatlarni ko‘rib chiqish, ularni hal etish, mehnat masalalarida jamoatchilik nazoratini olib borish yo‘nalishidagi ishlar katta qiziqish uyg‘otdi.

Mehmonlar Yuridik klinikaning texnik imkoniyatlari, targ‘ibot ishlari, klinika trenerlari va volontyorlari faoliyati, shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqish masalasida O‘zKUFK tomonidan olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berdilar.

No Comment

You can post first response comment.

Leave A Comment

Please enter your name. Please enter an valid email address. Please enter a message.

Help-Desk

Powered by themekiller.com anime4online.com animextoon.com