Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan, har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirishga alohida e’tibor berib kelinmoqda.

Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish maqsadida davlat va jamoat tashkilotlari, mahalliy hokimiyat organlari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillarining takliflari asosida «O‘zbekiston Respublikasida 2016-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi»ning 7-bandida Yoshlarga internet orqali huquqiy maslahat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilangan edi.

Mazkur vazifadan kelib chiqib, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Yuridik klinika negizida www.savol.yk.uz saytida yoshlarga internet orqali huquqiy maslahat ko‘rsatish tizimining yangilangan sahifasini ishlab chiqdi. Mazkur sahifa foydalanuvchilardan kelib tushgan huquqiy savollarga amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga asoslangan holda javob berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

savol.yk.uz bosh sahifasi

savol.yk.uz bosh sahifasi

Savol-javoblar sahifasi

Savol-javoblar sahifasi

Quyidagilar tizimning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish va savodxonlikni oshirish;
  • yoshlar o‘rtasida xalqaro va milliy huquq standartlarini, shu jumladan qonun va qonun osti hujjatlarini targ‘ib etish;
  • yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning o‘z huquqlarini qo‘llash va amalga oshirishlarida amaliy va bepul yuridik (konsultativ) maslahat ko‘rsatish;
  • yoshlarga huquqiy xizmat ko‘rsatishda sohaga mutasaddi va daxldor bo‘lgan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, nodavlat-notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini jalb qilish, ijtimoiy sheriklik mexanizmini rag‘batlantirish;
  • mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarni targ‘ib qilish, ularning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka, shu jumladan yoshlarga yetkazishda zamonaviy texnologiya vositalari va ularning imkoniyatlaridan unumli foydalanish;
  • yoshlarga huquqiy xizmat ko‘rsatishning interaktiv shakllarini takomillashtirish;
  • yoshlar murojaatlarining statistikasini olib borish, doimiy tahlil faoliyatini ta’minlash;
  • tahlillar natijasiga ko‘ra, sohani takomillashtirish yoki rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
  • davlat dasturi va qonunlarda belgilangan boshqa vazifalar.

Tizim O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq amalga oshirilib, quyidagilar faoliyatining asosiy prinsiplari hisoblanadi:

  • qonuniylik;
  • tenglik;
  • ochiq va oshkoralik;
  • ijtimoiy adolat
  • ijtimoiy sheriklik;
  • xolislik;
  • huquqiy xizmatning bepulligi.

Savollarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining Yuridik klinikasi ekspertlari, murabbiylari hamda volontyorlari javob beradilar. Ta’kidlash joizki, Yuridik klinika ekspertlari safida vazirlik, idora va tashkilotlarning malakali mutaxassislari joy o

No Comment

You can post first response comment.

Leave A Comment

Please enter your name. Please enter an valid email address. Please enter a message.

Help-Desk

Powered by themekiller.com anime4online.com animextoon.com