2016-yilning 30-mart kuni Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi Bosh kotibi Sharan Barrou rahbarligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekistonda turli tarmoqlar xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy sheriklik va ijtimoiy muloqotni rivojlantirish yo‘nalishlarida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan tanishish, shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi bilan hamkorligi va uning istiqbollarini muhokama etishdir.

Delegatsiya vakillari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi qoshidagi Yuridik klinika faoliyati bilan ham tanishdilar.

Uchrashuvlar so‘ngida ochiq va konstruktiv muloqotlar jarayonida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashuvlar bo‘lib o‘tdi. Mazkur tashrif O‘zbekiston va XKUK o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda muhim omil bo‘ladi.

Sharan Barrou shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalarining qonun ijodkorligi sohasidagi ishtiroki, bandlikni ta’minlashga ko‘maklashish, mehnatni muhofaza qilish, mehnatkashlar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash, aholi bilan qayta aloqani yo‘lga qo‘yish yo‘nalishlaridagi faoliyatini yuqori baholadi. U mamlakatimizda kasaba uyushmalariga birlashish erkinligi to‘la ta’minlanayotgani, mehnat jamoalarida jamoa shartnomalarining amal qilayotgani, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining yetakchi kasaba uyushma harakatlari bilan xalqaro hamorligi rivojlanayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

sharan-barrou-4

sharan-barrou-2

sharan-barrou-3

sharan-barrou-1

sharan-barrou-5

No Comment

You can post first response comment.

Leave A Comment

Please enter your name. Please enter an valid email address. Please enter a message.

Help-Desk

Powered by themekiller.com anime4online.com animextoon.com