O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan aholi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining yigirma yilligi munosabati bilan Yuridik klinika veb-saytida (www.viktorina.yk.uz) o‘tkazilgan «Mehnat kodeksini bilasizmi?» onlayn viktorinasi o‘z yakuniga yetdi.

Viktorina O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi qabul qilingan sana – 2015-yil 21-dekabr kunidan boshlanib, Mehnat kodeksi kuchga kirgan sana – 2016-yil 1-aprel kuniga qadar o‘tkazildi.

Viktorina 10 turdan iborat bo‘lib, har bir turda ishtirokchilarga 8 ta test savoli hamda 2 ta muammoli savol (kazus) taqdim qilindi.

Viktorinada 884 nafar ishtirokchi qatnashdi. Ishtirokchilar orasida huquqshunoslar, Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari, yuridik yo‘nalishda tahsil oluvchi OTM talabalari, o‘rta maxsus ta’lim muassasasi o‘quvchilari, turli vazirlik va idoralar xodimlari, advokatlar va aholining boshqa toifalari ishtirok etdi.

Viktorina yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimi Ma’rufjon Nazarov 159 ball bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda iPhone 6 smartfoni sohibiga aylandi. 157 ball bilan 2-o‘rinni egallagan Toshkent davlat yuridik universiteti magistri G‘ayrat Bozorovga esa noutbuk topshiriladi. 3-o‘rin hamda zamonaviy planshet Adliya vazirligi xodimi Olim Fayziyevga nasib qildi.

Shuningdek, viktorinada 7 nafar sovrindorlar ham aniqlandi:

4. Azizbek Xaitboyev – Toshkent davlat yuridik universiteti magistri.
5. Alisher Jumag‘ulov – Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi.
6. Umida Ibrohimova – Toshkent shahridagi 128-maktab o‘qituvchisi.
7. Farrux Nazarov – Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi.
8. Sanjar Nazarov – «Mirobod advokatlari» advokatlar kollegiyasi advokati.
9. Dilmurod Husainov – Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi yuridik boshqarmasi yetakchi mutaxassisi.
10. Jahongir Ubaydullayev– Toshkent davlat agrar universiteti 2-kurs talabasi.

Viktorina g‘oliblarini taqdirlash tadbirini joriy yilning 11 may kuni Mehnat kodeksining 20 yilligiga bag‘ishlangan Respublika konferensiyasi doirasida o‘tkazish rejalashtirilgan.

No Comment

You can post first response comment.

Leave A Comment

Please enter your name. Please enter an valid email address. Please enter a message.

Powered by themekiller.com anime4online.com animextoon.com