O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Yuridik klinikasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining yigirma yilligi munosabati bilan «Mehnat kodeksini bilasizmi?» onlayn viktorinasini e’lon qiladi.

viktorina

Viktorina fuqarolarning huquqiy va siyosiy madaniyatini oshirish, ular o‘rtasida xalqaro va milliy mehnat standartlarining mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Viktorinada yoshi, ma’lumoti, o‘qish yoki ish joyidan qat’i nazar barcha fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.

Viktorina Mehnat kodeksi qabul qilinganligiga yigirma yil to‘lgan sana – 2015 yil 21 dekabr kunidan boshlanib, Mehnat kodeksi kuchga kirganligiga yigirma yil to‘lgan sana – 2016 yil 1 aprel kuniga qadar jami 10 bosqichda o‘tkaziladi.

Har bir bosqichda ishtirokchilarga 8 ta test va 2 ta kazus savoli beriladi. Ishtirokchilar savollarga muayyan vaqt ichida javob berishlari lozim. Test savollari uchun 15 daqiqa, kazuslar uchun esa 20 daqiqa vaqt beriladi.

Har bir turda savollarga faqat bir marta javob berish mumkin. Savollar o‘zbek va rus tillarida berib boriladi.

Viktorina www.viktorina.yk.uz saytida bo‘lib o‘tadi.

Viktorinaning bosh sovrini – Apple iPhone 6 smartfoni. Shuningdek, sovrin sifatida noutbuk, planshet va yana boshqa qimmatbaho sovg‘alar ham qo‘yilgan.

Siz ham mehnat sohasiga oid bilimlaringizni sinab ko‘ring va qimmatbaho sovg‘alar egasiga aylaning!

9 Response Comments

Leave A Comment

Please enter your name. Please enter an valid email address. Please enter a message.

Help-Desk

Powered by themekiller.com anime4online.com animextoon.com