Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi kuchga kirganiga 20 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan 2016-yil 11-may kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi: yutuqlar va takomillashtirish istiqbollari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasni tashkil etildi.

Toshkent davlat yuridik universiteti ishtirokida o‘tkazilgan Konferensiyada tegishli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari vakillari, huquqshunos olimlar, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy tashkilotlar, kasaba uyushma faollari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari miqyosida har tomonlama puxta ishlab chiqilgan Kodeks hisoblanadi. Xususan, 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan va 1996-yil 1-aprelda kuchga kirgan mazkur amaldagi Mehnat kodeksi mehnat munosabatlarining shartnomaviy tartibga solinishini sezilarli darajada kengaytirib, ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish uchun huquqiy zamin yaratilishini ta’minladi. Shuningdek, mehnat sohasida bozor munosabatlari shakllanishi uchun zarur masalalarning butun bir majmuini hal etish imkoniyatini yaratdi.

Qayd etish lozimki, aynan O‘zbekiston, MDH mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib yangi Mehnat kodeksini qabul qildi. Ushbu Kodeks loyihasi Xalqaro mehnat tashkiloti ekspertlari tomonidan ham ijobiy baholangan. Mehnat kodeksida mustahkamlangan aksariyat qonuniy yechimlarning to‘g‘ri ekanligi ularning qo‘llanilish amaliyoti bilan ham tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga ilk bor kiritilgan qoidalar samaradorligini mazkur qoidalarning aksariyati kelgusida MDHning turli mamlakatlarida qabul qilingan mehnat kodekslarida o‘z aksini topganligi ham ko‘rsatib turibdi.

Ilmiy-amaliy konferensiyada yuqoridagi masalalarga alohida to‘xtalinib, bugungi kungacha mehnat munosabatlari sohasida amalga oshirilgan islohotlar, ular natijasida erishilgan yutuqlar tahlil etildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini istiqbolda yanada takomillashtirish, mehnat va aholining bandiligi, yurtimizda kasaba uyushmalari faoliyatining huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash kabi mavzular muhokama qilindi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, bozor iqtisodiyotining tobora rivojlanib borayotgani, jamiyatni yanada demokratlashtirish va yangilashga yo‘naltirilgan islohotlarning izchil amalga oshirilishi ijtimoiy-mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishni talab qiladi. Kelgusida mehnat qonunchiligini yanada takomillashtirish esa mehnat bozorining samarali faoliyat yuritishini, xodim va ish beruvchilar manfaatlari uyg‘unligi, xususan, xodimlarning unumli mehnatdan, ish beruvchilarning esa raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishdan manfaatdorliklari oshirilishini ta’minlashga, xodimlar mehnat huquqlarini himoyalashning amaliy vositalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Konferensiyada shuningdek, kasaba uyushmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksini aholi o‘rtasida yanada kengroq targ‘ib etish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar ham ta’kidlandi. Xususan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan bu boradagi targ‘ibot ishlarini kuchaytirish maqsadida respublikamizning turli hududlarida o‘quv uslubiy seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar va uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Mehnat jamoalari, oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalarida xodimlar va yoshlarni keng jalb etgan holda tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlar aholining milliy va xalqaro mehnat standartlari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilmoqda. Bundan tashqari qator vazirlik va idoralar tizimidagi xodimlar malakasini oshirish institutlari, o‘quv-metodika markazlari, qayta tayyorlov va malaka oshirish kurslarining щыuv dasturlariga milliy va xalqaro mehnat standartlari bo‘yicha maxsus kurslar kiritildi.  Shuningdek, mazkur yo‘nalishlarda keng jamoatchilik щrtasida qator tanlov va viktorinalar o‘tkazib kelinmoqda.

Ana shunday tanlovlardan biri – «Mehnat kodeksini bilasizmi?» onlayn viktorinasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 20 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazildi. Konferensiya doirasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan o‘tkazilgan mazkur viktorina g‘oliblarini taqdirlash tadbiri ham bo‘lib o‘tdi. Ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasidagi bilimlarni yanada mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan mazkur onlayn viktorinaning g‘olib va sovrindorlari Kasaba uyushmalari Federatsiyasining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 20 yilligiga bag‘ishlab chop etilgan maqolalar to‘plami taqdimoti ham o‘tkazildi. “Kasaba uyushmasi kutubxonasi” seriyasi ruknida chop etilgan mazkur nashr ish beruvchilar va xodimlar uchun chop etilgan navbatdagi qo‘llanmalardan biri bo‘ldi.

No Comment

You can post first response comment.

Leave A Comment

Please enter your name. Please enter an valid email address. Please enter a message.

Help-Desk

Powered by themekiller.com anime4online.com animextoon.com