2015-yil 21-dekabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining Yuridik klinikasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi qabul qilinganligining yigirma yilligiga bag‘ishlab davra suhbati tashkil qilindi.

mk 20 yilligi (4)

Mazkur davra suhbatida kodeksni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida bevosita qatnashgan olimlar M.Gasanov, A.Risqullayev va X.Pirimqulovlar bilan kasaba uyushma faollari, huquqshunoslar, Yuridik klinika volontyorlari hamda keng jamoatchilik o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilganlar Mehnat kodeksi xodimlar va ish beruvchilar manfaatini birdek himoya qiluvchi, ijtimoiy adolat, iqtisodiy taraqqiyot, aholi farovonligi kabi tamoyillarga asoslanuvchi mukammal hujjat ekanligini e’tirof etishdi.

— O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, MDH davlatlari orasida birinchi bo‘lib Mehnat kodeksini qabul qildi, — deydi kodeksni ishlab chiqishda bevosita ishtirok etgan Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchisi Mixail Gasanov. — Aytish joizki, qo‘shni mamlakatlarning ko‘pchiligi ushbu sohadagi asosiy qonunlarini bizdan andoza olib yaratishdi. Ba’zilarida esa mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy hujjat 2000 yillarning boshigacha qabul qilinmay kelindi. Kodeks loyihasini keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish maqsadida ommaviy axborot vositalarida chop etilib, fuqarolar tomonidan minglab taklif va mulohazalar bildirildi. Kelib tushgan xatlar kasaba uyushmalari, ish beruvchilar vakillari, hukumat organlari mutaxassislaridan tarkib topgan ekspertlar guruhi tomonidan o‘rganilib, umumlashtirildi. Takliflar monitoringi yuritilib, ular asosida loyihaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Loyihaning yakuniy varianti qaytadan e’lon qilindi va jamoatchilik tasdig‘idan o‘tkazildi.

mk 20 yilligi (3)

Shuningdek, yig‘ilganlar qonunchilikda aholini ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlari uchun keltirilgan mehnat imtiyozlari, jumladan, yoshlar, ayollar, nogironlarga berilgan imtiyozlar to‘g‘risida so‘z yuritishdi. Shu bilan birga, o‘tgan 20 yil mobaynida iqtisodiyot, mehnat munosabatlari, umuman, insonlar hayoti va dunyoqarashida yuz bergan ijobiy o‘zgarishlar kodeksni yanada takomillashtirish uchun asos bo‘lishini ta’kidladilar.

mk 20 yilligi (2)

mk 20 yilligi (6)

mk 20 yilligi (5)

No Comment

You can post first response comment.

Leave A Comment

Please enter your name. Please enter an valid email address. Please enter a message.

Powered by themekiller.com anime4online.com animextoon.com