Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan, har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirishga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish maqsadida davlat va jamoat tashkilotlari, […]

Read More

Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi kuchga kirganiga 20 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan 2016-yil 11-may kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi: yutuqlar va takomillashtirish istiqbollari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasni tashkil etildi. Toshkent davlat yuridik universiteti ishtirokida o‘tkazilgan Konferensiyada tegishli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari vakillari, huquqshunos olimlar, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan […]

Read More

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan aholi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining yigirma yilligi munosabati bilan Yuridik klinika veb-saytida (www.viktorina.yk.uz) o‘tkazilgan «Mehnat kodeksini bilasizmi?» onlayn viktorinasi o‘z yakuniga yetdi. Viktorina O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi qabul qilingan sana – 2015-yil 21-dekabr kunidan boshlanib, Mehnat kodeksi kuchga kirgan sana – 2016-yil 1-aprel kuniga qadar o‘tkazildi. Viktorina 10 […]

Read More

2016-yil 15-aprel kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi qoshidagi Yuridik klinikada Amerika Qo‘shma Shtatlari mehnat vazirligi vakillari Kristin Sparding, Jasmin Uilan hamda AQShning mamlakatimizdagi elchixonasi xodimi Marina Galkina bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zKUFK yuridik bo‘limi, klinika murabbiylari va volontyorlari ishtirok etdi. Mehmonlarga klinika faoliyati, veb-sayti, murojaatlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha yaratilgan maxsus dastur, O‘zbekiston […]

Read More

2016-yilning 30-mart kuni Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi Bosh kotibi Sharan Barrou rahbarligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekistonda turli tarmoqlar xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy sheriklik va ijtimoiy muloqotni rivojlantirish yo‘nalishlarida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan tanishish, shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi bilan hamkorligi va […]

Read More

2016-yilning 16-mart kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Yuridik klinikasi ma’muriyati hamda Xalqaro mehnat tashkilotining loyiha bo‘yicha maslahatchisi O.Lipkanu va loyiha assistenti S.Iskandarovalar ishtirokida ishchi tartibidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Xalqaro mehnat tashkiloti vakillari Yuridik klinikaning aholiga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy-mehnat sohasida xalqaro va milliy standartlarni targ‘ib etish borasidagi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Tomonlar […]

Read More

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Yuridik klinikasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining yigirma yilligi munosabati bilan «Mehnat kodeksini bilasizmi?» onlayn viktorinasini e’lon qiladi. Viktorina fuqarolarning huquqiy va siyosiy madaniyatini oshirish, ular o‘rtasida xalqaro va milliy mehnat standartlarining mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilmoqda. Viktorinada yoshi, ma’lumoti, o‘qish yoki ish joyidan qat’i nazar barcha fuqarolar ishtirok etishlari mumkin. […]

Read More

2015-yil 21-dekabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining Yuridik klinikasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi qabul qilinganligining yigirma yilligiga bag‘ishlab davra suhbati tashkil qilindi. Mazkur davra suhbatida kodeksni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida bevosita qatnashgan olimlar M.Gasanov, A.Risqullayev va X.Pirimqulovlar bilan kasaba uyushma faollari, huquqshunoslar, Yuridik klinika volontyorlari hamda keng jamoatchilik o‘rtasida muloqot bo‘lib […]

Read More

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining Yuridik klinikasi tashabbusi bilan poytaxtimizdagi 12 ta oliy ta’lim muassasasi talabalari hamda yuridik klinika volontyorlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklikka oid xalqaro va milliy standartlarni targ‘ib etish maqsadida debat turniri o‘tkazildi. Turnir O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligiga bag‘ishlab tashkil qilindi. Ikki kun davom etgan bahslarda bandlik, ta’lim, ijtimoiy himoya, mehnat […]

Read More

2015-yil 11-dekabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Yuridik klinikasi volontyorlarining navbatdagi seminarida Xalqaro mehnat tashkiloti eksperti Xarri Taliga ham ishtirok etdi. Seminar doirasida Xalqaro mehnat tashkiloti eksperti Yuridik klinika volontyorlariga Xalqaro mehnat tashkiloti to‘g‘risida, uning faoliyat yo‘nalishlari, loyihalari, tuzilmasi haqida, shuningdek XMT hamda O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha batafsil ma’lumot […]

Read More

Powered by themekiller.com anime4online.com animextoon.com